Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda o‘z uyini kazinoga aylantirib olgan «qimorboz» ushlandi

Xorazmda o‘z uyini kazinoga aylantirib olgan «qimorboz» ushlandi

Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan  o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir natijasida qimorxona fosh etilib va qimorbozlarning jinoiy qilmishiga chek qo‘yildi.

Xorazm viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Shovot tumanining “Royat” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. o‘z uyini xuddi kinolardagi kabi kazinoga aylantirib olgan. U 2020 yil 26 avgust kuni yirik qimor o‘yinini tashkil etish va o‘tkazishni rejalashtirib, nafaqat Shovot tumanida yashovchi, balki qo‘shni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ham bir guruh “qimorboz”larni mehmonga taklif qildi.

Qimor o‘yiniga shu qadar berilib ketgan 21 nafar “qimorboz” hattoki xonadonga kirib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarini payqashmadi ham. Natijada ular qimorga tikgan 33 million so‘mdan ortiq qiymatdagi pul hamda o‘yin kartalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Kiritildi: 19:03 27.08.2020. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!