“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
➡️ Xususan, tuman markazidagi avtoturargohda turgan, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2001 y.t. shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svarka apparati) ichiga xufiyona tarzda 1 kg 460 gr “geroin” va 27 gr “opiy” moddalari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
⚡️ Aniqlanishicha, u muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlardan olgan ushbu ajal og‘usini Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi mijozlarga sotib, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
👤 Ayni paytda mazkur jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.