Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xorazmda oilaviy ajrimlar soni ortgan

A A A
Xorazmda oilaviy ajrimlar soni ortgan

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Xorazm viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasining navbatdagi boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ularning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tahlil va sarhisob qilish, kelgusidagi rejalarni belgilab olish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash, quyi tizim faoliyatiga yangicha yo‘nalishlar berish, tajriba almashish, ayollar o‘rtasida uchrayotgan turli muammolarni bartaraf etish, ular bandligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Viloyatda yordamga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogironligi bo‘lgan ayollarni aniqlanmoqda. Hududlarda 558 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilgan. Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning manzilli himoyasini ta’minlash maqsadida ularning 18 nafari arzon uy-joylar bilan ta’minlandi. 200 ga yaqini ishga joylashtirildi, shuningdek 231 nafariga moddiy ko‘mak berildi.

Yig‘ilish davomida viloyatida xotin-qizlar jinoyatchiligi, ayniqsa, oilaviy ajrimlar ortib ketganligi tanqid ostiga olindi. Shuningdek, tashkilot tizimida, ayniqsa, mahallardagi mutaxassislar ishini kuchaytirish borasidagi masalalar yuzasidan aniq takliflarni o‘rtaga tashlanib, fikr almashildi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 16:31 23.08.2018. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik