Majburiy ijro byurosi Xiva tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining qarzdor R.R.dan undiruvchi “Hamkorbank” AT banki Xorazm mintaqaviy BXO foydasiga jami 201.019.186 so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan qarzdorning o‘ziga tegishli 2022 yilda ishlab chiqarilgan “Hyundai Elantra” rusumli avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga sud qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.
Lekin qarzdor ixtiyoriy muddat davomida bank oldidagi qarzini bartaraf etmagani sababli, qarzdorga tegishli mazkur avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlandi va elektron onlayn-auksion savdolari orqali 208.740.000 so‘mga sotildi hamda savdodan tushgan pullar qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltirildi.