Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xorazmdagi yashash uylarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazmdagi yashash uylarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa bugun 26 fevral kuni soat 09:40da Xorazm viloyati Xonqa tumani “Gulg‘uncha” MFYdagi uylarning birida yuzaga kelgan. 

Yong‘in oqibatida avval uyning 120 kv.m. maydonida tom qismi, shifti va uy-jihozlari keyinchalik  esa qo‘shni uyning tom qismi,  ya’ni 50 kv.m. maydoniga zarar yetgan.
 
Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in 10:28da o‘rab olinib, 11:20da  to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlangan va holok bo‘lganlar yo‘q. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
 

Kiritildi: 15:22 26.02.2021. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!