Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xorazm va Farg‘onada "erfurushlar" qo‘lga tushdi (video)

Xorazm va Farg‘onada "erfurushlar" qo‘lga tushdi (video)

⬇️Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili Xiva shahri hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurish uchun hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🖥Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda Buvayda tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs 2006 y.t. tanishi bilan til biriktirib, o‘zi va 14 nafar yoshlarga dehqonchilik qilish uchun davlat tomonidan imtiyozli shartlar asosida ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 115 mln so‘m talab qilishib, 9500 AQSh dollari va 700 ming so‘m olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

⚖️Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 229-6-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:23. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!