Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Xonanda Lola "Aqlvoy" kanalida berilgan yalang‘och ayol surati haqida: "Bularni ham berish kerak"

A A A
Xonanda Lola "Aqlvoy" kanalida berilgan yalang‘och ayol surati haqida: "Bularni ham berish kerak"

Bundan bir necha kun avval “Aqlvoy” telekanali orqali behayo kadrlar efirga uzatilgani haqida xabar bergandik. Xonanda Lola bu holatga nisbatan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi va telekanalda shu turdagi materiallar berib borilishi kerakligini aytdi.

“Instagramda yangiliklarni ochdim. U yerda “Aqlvoy” telekanali behayo va bolalar uchun taqiqlangan kontentni efirga uzatgani haqida yozilgan. Ular bizga nimani ko‘rsatishyapti? Ular bizga italiyalik buyuk rassom Botichellining “Veneraning tug‘ilishi” asarini ko‘rsatishgan. Ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab foydalanuvchilari va “Aqlvoy” telekanalining kichik tomoshabinlari buning nima ekanligini tushunmasliklari va bu haqida hech qachon eshitmaganlariga ishonchim komil. Aynan mana shuning uchun ham ushbu kanal bolalarga boshqa qiziqarli ko‘rsatuvlar qatorida mana shu turdagi kontentni ham berishi kerak”, dedi Lola.

Xonanda oldinga qarab necha qadam tashlanayotganiga qaramay, orqaga undan ikki karra ko‘proq qadam tashlanayotganini aytib o‘tgan. “Bu juda achinarli. Shu sababli ham odamlarda nimadir qilish istagi yo‘qoladi”, dedi ijodkor.

Kiritildi: 22:53 21.06.2021. O'qildi: 11579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!