Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xonanda Dilso‘z eri bilan mojarosi haqida: "Erimga pul bermay qo‘yganim uchun aybdor bo‘lib qoldim"

Xonanda Dilso‘z eri bilan mojarosi haqida: "Erimga pul bermay qo‘yganim uchun aybdor bo‘lib qoldim"

So‘nggi paytlarda xonandalar oilasi — Dilso‘z va Farrux Raimovning o‘rtasida turli kelishmovchiliklar yuz berayotgani va ular hatto ajrashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Xonanda Dilso‘zning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan quyidagi posti esa xabarlarda qisman haqiqat borligini tasdiqlaydi.

“Oilamizda 4 farzandning to‘liq ta’minoti, ro‘zg‘orni tebratish, uy uchun olingan bank kreditini to‘lash, kommunal to‘lovlar, hamma xarajat mening bo‘ynimda bo‘lgan va bundan nolimaganman. Bugunga kelib, 4 farzandim katta bo‘layotgani uchun erimga ortiqcha pul berishni to‘xtatganim uchun aybsiz aybdor bo‘lib qoldim. Hali qonunan ajrashganimiz yo‘q, o‘rtamizda kelishmovchilik bo‘lib turibdi”, — deydi Dilso‘z.

Kiritildi: 11:50 12.10.2022. O'qildi: 9770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!