Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alfi Xoland jamoaning Angliyaga qarshi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Hakam sizlarni qutqardi. Endi umid qilamanki, jahon chempionligini qo‘lga kiritasizlar. Lekin bizni oddiygina talon‑taroj qilishdi, deb o‘ylayman», – dedi Xoland‑katta.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi jahon chempionati‑2026 chorak finalida Norvegiyani mag‘lub etdi. AQShning Mayami‑Gardens shahrida joylashgan «Xard Rok Stedium»da o‘tgan bellashuv qo‘shimcha daqiqalarda 2:1 hisobida angliyaliklar foydasiga yakunlandi.
Ushbu o‘yinda Erling Xoland ilk bor jahon chempionati‑2026da gol ura olmadi. U musobaqani 7 ta gol bilan yakunladi va hozircha to‘purarlar ro‘yxatida Lionel Messi va Killian Mbappe (ularning har biri hisobida 8 tadan gol bor)dan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yarim finalda Angliya Argentinaga qarshi maydonga tushadi.