Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xoland Ronaldo va Ibrahimovichni ortda qoldirdi

Xoland Ronaldo va Ibrahimovichni ortda qoldirdi

Erling Xoland Norvegiya terma jamoasida yana bir yuqori natijani qayd etdi.

"Manchester Siti" hujumchisi Millatlar ligasida Daniyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Xoland 18 va 74-daqiqalarda gol urib, Norvegiyaning 3:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Ushbu dubldan keyin 26 yoshli forvardning milliy terma jamoadagi gollari soni 64 taga yetdi. Buning uchun unga 56 ta uchrashuv kifoya qildi.

Shu tariqa, Xoland terma jamoalar miqyosida 62 tadan gol urgan Braziliya afsonasi Ronaldo hamda Shvesiya futboli yulduzi Zlatan Ibrahimovichni ortda qoldirdi.

Erling Norvegiya milliy jamoasida 2019 yil kuzida debyut qilgan edi. Klub miqyosida ham u yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda: joriy mavsumda "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!