Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

XOH ISHONING, XOH ISHONMANG...

A A A
XOH ISHONING, XOH ISHONMANG...

 

1. Yaponiyada qadimiy odat bor. Yangi turmush qurayotgan kelin va kuyov barchaning ko‘z o‘ngida sake ichimligini to‘qqiz yutumdan ichmaguncha er-xotin hisoblanmaydi.

2. Taylandning Lopburi viloyatida har yili maymunlar banketi tashkil etiladi. Bayram ibodatxonada o‘tkazilib, bu yerga 2000 ga yaqin maymun olib kelinadi va mazali taomlar bilan siylanadi. Bunga sabab shuki, afsonalarda ta’kidlanishicha, qachonlardir Ram xudosiga dushman ustidan g‘alaba qilishda aynan maymunlar yordam berganmish.

3. Janubiy Afrikada o‘zini himoya qilishning har qanday ko‘rinishi qonunlashtirib qo‘yilgan. Masalan, avtomobilni o‘g‘rilardan himoya qilishda haydovchi qopqon, elektroshoker va ognemyotdan foydalana oladi. Bu haydovchining zimmasiga jinoiy javobgarlik yuklamaydi.

4. Shvesiya dunyoda birinchi bo‘lib benzindan voz kechib, bioyoqilg‘iga o‘tgan davlat sanaladi.

5. 16- asrda Chexiyaning Truntnov shahri darvozasi tepasiga ikkita o‘ta baland tovushda bong uradigan soat o‘rnatildi. Bu soatlar navbati bilan kafedagilar uchun bong urib pivo ichish vaqti tugagani haqida xabar bergan. Kim soatga quloq tutmasa, jarimaga tortilgan. Agar pivoxo‘r ikkinchi soatning bong urganini ham eshitmasa, yoki itoat etishni xohlamasa, uni bir yilgacha pivoxonaga kelish imkoniyatidan mahrum qilishgan.

6. 1680 yildan so‘ng 7 yoshdan oshgan har bir Fransiya fuqarosiga yiliga 7 funtdan tuz iste’mol qilish majburiyati yuklangan. Agar majburiyatni bajarmasa, fransuz 300 livr miqdoridagi jarimaga tortilgan. Aytishlaricha, o‘sha paytlarda tuz ishlab chiqarish zamonaviy tilda aytganda, Fransiya qirolining monopoliyasi hisoblangan ekan.

7. Finlyandiya yo‘llarida qoidabuzarlar yillik daromadi bo‘yicha jarimaga tortiladi. Masalan, yaqinda shunday qoidabuzarni yo‘l patrul xizmati vakillari 170 ming yevro miqdoridagi maksimal jarimaga tortishdi. Ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzar yiliga 7 million yevro sof daromad qilarkan.

8. Filippin o‘tmishda qariyb 300 yil Ispaniya mustamlakasi ostida bo‘lgan. Mamlakat o‘shanda qirol Filipp II sharafiga Filippin degan nomga ega bo‘lgan ekan.

9. Gollandiya lolaning vatani deya hisoblanadi. Aslida esa dastlab lola urug‘ini bu davlatga turklar olib kirgan. Bu gul keyinchalik Gollandiyada shu qadar mashhur bo‘ldiki, 1634 yilga borib gollandlar lolani telbalarcha sevib qolishdi.

10. Janubiy Koreyada juda kulgili bir odat bor. Bu yerdagi yo‘l patrul xizmati xodimi kechqurun ishni tugatishdan oldin rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, kun bo‘yi qancha pora olgani haqida hisob berishi shart.

factopedia. ru

Kiritildi: 16:43 01.06.2018. O'qildi: 1959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik