Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Xodimlarga 15:30 dan keyin ishdan javob bering": Toshkent shahar hokimligi tashkilot va korxonalarga murojaat qildi

"Xodimlarga 15:30 dan keyin ishdan javob bering": Toshkent shahar hokimligi tashkilot va korxonalarga murojaat qildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari murojaat qildi.

"Bugun, 25 yanvar kuni shahrimizda kuzatilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar natijasida Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini qisqa muddatga to‘xtatdi, shuningdek, shahar ko‘chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: hozirda yuqoridagi nosozliklarni bartaraf etishga barcha kuchlar safarbar etilgan. Poytaxt hokimligi huzuridagi Vaziyatlar markazida tunu-kun ishlaydigan maxsus tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shu sababli, bir vaqtning o‘zida katta tirbandlikning oldini olish maqsadida, korxonangizda faoliyat yuritayotgan xodimlarga 15:30 dan keyin jadval asosida javob berishingizni tavsiya qilamiz.

Shahrimiz aholisi va mehmonlaridan vujudga kelgan vaziyat uchun uzr so‘raymiz va vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishingizdan umid qilamiz".

Kiritildi: 15:32 25.01.2022. O'qildi: 4349 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!