Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xodimini tepkilagan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xodimini tepkilagan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi O. T. Ga nisbatan fevral oyida o‘z xizmat xonasida sud xodimi D. N. ni tepkilagani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat sudida kompyuter tizimlarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandis bo‘lib ishlovchi D. N. sudya O. T. Boshqa sudyalar oldida oyoqlari bilan uni urganini xabar qilgan edi.

O. T. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 206-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni (hokimiyat yoki xizmat vakolatini suiiste’mol qilish) sodir etganlikda ayblanmoqda. Tergov harakatlari boshlandi.

Kiritildi: 11:18 23.05.2019. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!