Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Xivada III “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi

Xivada III “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 25 — 30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida III “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalning maqsadi “Xorazm lazgi raqsi” san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’ati orqali xalqlar orasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalariga mustaxkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko‘lamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iboratdir.

2022-yili Xorazm viloyatining Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan I “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 ta davlatidan 175 dan ortiq iste’dodli raqqosalar, professional raqs jamoalar, raqs san’ati ustalari, musiqashinos va san’atshinos olimlar, taninali san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.

2024-yili ikkinchi marotaba o‘tkazilgan II “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga dunyoning 33 davlatlaridan 200 dan ortiq iste’dodli raqqosalar, professional raqs jamoalari, raqs san’ati ustalari, musiqashinos va san’atshinos olimlar, taninali san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Kiritildi: Bugun 20:14. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!