Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Xitoyni faqat sosializm saqlab qoladi"

A A A
"Xitoyni faqat sosializm saqlab qoladi"

Xitoy kompartiyasining tashkil topganiga 100 yil to‘ldi.

Mamlakatda Kommunistik partiya yubileyiga bag‘ishlab mushaklar otilgan, bayram tadbirlari uyushtirilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bayramda so‘zga chiqib: "Faqat sosializmgina Xitoyni saqlaydi va faqat sosializm xitoyliklar xarakteriga mos ravishda mamlakatni rivojlantira oladi", degan.

Si Szinpin hech kimga Xitoyga nisbatan biror yomon harakat qilish imkoni berilmasligini, agar kimdir bunga jur’at qilsa, unda 1,4 mlrd xitoylik qurgan Buyuk Xitoy devori qoshida qonga botgan boshi qolishini aytgan.

Xitoy kompartiyasi 1921 yilda tuzilgan, bundan 72 yil oldin hukumat tepasiga kelgan. Uning 100 yilligiga kuchli tayyorgarlik ko‘rilgan. Apreldan beri kinoteatrlarda haftasiga kamida 2 marta propaganda filmlari qo‘yilgan. Ularni "qizil filmlar" deb ham atashadi. Xuddi shunday "qizil qo‘shiqlar" ham efirga uzatilyapti.

Kiritildi: 20:37 01.07.2021. O'qildi: 3938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik