Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoylik va singapurlik olimlar genipavirusning yangi turini aniqlashdi

Xitoylik va singapurlik olimlar genipavirusning yangi turini aniqlashdi

Xitoy va Singapur olimlari genipavirusning yangi turini aniqlashdi. Ayni paytda 35 kishi ushbu virusga chalingan. Virus “Lan’ya” deb nomlandi. Bu haqda ria.ru yozmoqda.

“35 nafar virusga chalinganlar Xitoyning Shandun i Xenan provinsiyasidan”, deb yozadi Xitoyning “Penpay” nashri.

Yangi virus isitma, charchoq, yo‘tal, anoreksiya, mialgiya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

Olimlarning aytishicha, “Lan’ya” “Nipax” virusiga o‘xshab ketadi. Lekin mazkur virus bilan kasallanishda o‘lim yoki boshqa juda jiddiy holatlar kuzatilmagan.

Shu bois olimlar mazkur virusga nisbatan xushyor bo‘lish lozimligini, biroq sarosimaga berilmaslikni maslahat berishmoqda.

“Lan’ya” virusi odamdan odamga yuqishi hali aniqlanmagan, deb xabar berilmoqda.

Kiritildi: 17:25 09.08.2022. O'qildi: 2716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!