Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoylik ona maktabdagi yomon baholari uchun farzandidan voz kechdi

Xitoylik ona maktabdagi yomon baholari uchun farzandidan voz kechdi

Xitoylik ayol maktabdagi yomon baholari sababli 12 yashar o‘g‘lidan voz kechdi, deya xabar beradi Gazeta.ru .

Ayol o‘g‘li testdan 95 ball o‘rniga 81 ball to‘plaganligi uchun g‘azablandi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u o‘g‘lini odamlar oldida bir necha bor urgan. Keyin esa mashinaga o‘tirib, bolasini tashlab ketib qolgan.

O‘tkinchilar o‘smirni topib polisiyani chaqirgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bolani uyiga qaytarishga harakat qilgan, ammo onasi unga o‘g‘li endi kerak emasligini aytgan.

Ayni paytda bolani amakisi olib ketgan.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 23:00 08.03.2019. O'qildi: 2173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!