Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoylik olimlar Oyda suv topdi

Xitoylik olimlar Oyda suv topdi

Xitoylik olimlar 2020 yilda “Chan’e-5” avtomatik sayyoralararo stansiyasi tomonidan Yerga yetkazilgan Oy tuprog‘i namunasida suv topdi. Bu haqda Science Advances 7 yanvar, juma kuni yozdi.

"Biz “Chan’e-5” qo‘nuvchisi tomonidan olingan 0,48 dan 3,2 mikrometrgacha bo‘lgan aks ettirish spektrlaridagi ma’lumotlarga asoslangan natijalar tahlilini nashr etmoqdamiz. Bizning taxminimizcha, Oy tuproq namunasida 120 ppm suv bor, buning aksariyati quyosh shamoli tufayli sodir bo‘ladi", - deyiladi ilmiy materialda.
Olimlarning qayd etishicha, tuproq Oydagi “Bo‘ronlar okeani” hududining shimoliy qismida to‘plangan.

Bo‘ronlar okeani - Oyning ko‘rinadigan tomonining g‘arbiy qismida joylashgan eng katta oy dengizi. Bo‘ronlar okeanining shimoldan janubgacha uzunligi 2500 km, egallagan maydoni 4 million km². U tartibsiz shaklga ega. Boshqa oy dengizlari singari, Bo‘ronlar okeani ham qattiqlashgan bazalt lava bilan to‘ldirilgan tekislikdir.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy Oyni tadqiq qilish dasturining to‘rtinchi bosqichini tasdiqlagandi. U bir qancha missiyalarni, jumladan, keyingi o‘n yillikda Oyda tadqiqot stansiyasining prototipini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 11:06 08.01.2022. O'qildi: 3817 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!