Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoylik nafaqaxo‘r, tuzalganidan olti oy o‘tgach, yana COVID-19ga chalindi

Xitoylik nafaqaxo‘r, tuzalganidan olti oy o‘tgach, yana COVID-19ga chalindi

Xitoyning Xubey provinsiyasidan bo‘lgan nafaqaxo‘r ayol tuzalgandan olti oy o‘tgach, yana COVID-19ga chalindi, deb xabar beradi “Sinxua”.

Ta’kidlanishicha, koronavirus birinchi marta 68 yoshli ayolda 8 fevral kuni aniqlangan. Bir necha oylik davolanishdan so‘ng u tuzalgan.

Ammo 9 avgust kuni ayol salomatligi yomonlashgani sababli yana kasalxonaga yotqizilgan va koronavirus testidan o‘tgan, natija esa musbat bo‘lib chiqqan.

Qayd etilishicha, ayol hozir izolyasiyada davolanmoqda. U bilan bog‘langan har bir kishi allaqachon koronavirus uchun testlardan o‘tgan - va hech kimda infeksiya tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 21:12 13.08.2020. O'qildi: 2621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!