Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoylik erkak andijonlik fuqaroni 645.000 AQSh dollariga "uxlatdi"

Xitoylik erkak andijonlik fuqaroni 645.000 AQSh dollariga "uxlatdi"

Andijon. 2018 yilning may oyidan 2019 yilning 07 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Xitoy Halk Respublikasi fuqarosi 49 yoshli L.J., Andijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.A., ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MCHJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini 1.000.000 AQSh dollariga sotishligini aytib, 645.000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib MCHJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini J.M., ni nomiga rasmiylashtirmaganligi yoki qo‘lga kiritilgan pullarni qaytarib bermay shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:19 11.09.2020. O'qildi: 4719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!