Xitoyning Xubey provinsiyasida yashovchi 90 yoshli ayol fermada ishlayotganida yog‘och tutqichli, metall bo‘lagi bor g‘alati narsa topib olgan. U buni birovning qo‘lbola bolg‘asi deb o‘ylab, 20 yil davomida yong‘oq chaqish va mix qoqishga ishlatib yurgan.
Ayolning eski uyini buzayotgan ishchilar g‘alati buyumni payqab qolib, polisiyani chaqirgan. Polisiya bu «bolg‘a» jangovar granata ekanini aniqlab, uni maxsus mashg‘ulot maydonida portlatib yubordi.