Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoyga qarshi: AQSh 250 milliard dollarlik qonun loyihasini ma’qulladi

Xitoyga qarshi: AQSh 250 milliard dollarlik qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Xitoy bilan texnik raqobatbardosh bo‘lish uchun qariyb 250 milliard dollarlik qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

68 kongressmen hujjatni qabul qilish uchun ovoz berdi, 32 kishi hujjatni qo‘llab-quvvatlamadi. Unga ko‘ra, Vashington texnologiyalar va tadqiqotlarni kuchaytirishga 190 milliard dollar sarflaydi va taxminan 50 milliard dollar chiplar va telekommunikasiya uskunalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Senat demokratlari yetakchisi Chak Shumerning so‘zlariga ko‘ra, kelajak texnologiyalari bo‘yicha qarama-qarshilikda kim g‘olib bo‘lsa, u jahon iqtisodiy yetakchiligiga erishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Amerika hukumati o‘z ishchilari va kompaniyalarining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolishni istasa, ular ilm-fan, tadqiqot va innovasiyalarga mablag‘ kiritishi kerak.

Endi qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak, shundan so‘ng u prezident Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etiladi.

Kiritildi: 10:42 09.06.2021. O'qildi: 1915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!