Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoyga kirib kelayotgan qisqichbaqa paketlarida koronavirus topildi

Xitoyga kirib kelayotgan qisqichbaqa paketlarida koronavirus topildi

Xitoy bojxona xizmati xodimlari Ekvadordan keltirilgan oq qisqichbaqalar solingan paketlarda koronavirus infeksiyasini aniqladilar, deb xabar beradi RIA Novosti. Shunisi e’tiborga loyiqki, dengiz mahsulotlarining o‘zida sinovlar manfiy natijani ko‘rsatdi.

Tadqiqot natijalarini Xitoy asosiy bojxona boshqarmasining import qilinadigan mahsulotlar xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Bi Kexin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Amerikadan keltirilgan oq qisqichbaqalar to‘plami o‘rganildi. Namunalar 3 iyul kuni olingan. Qisqichbaqa solingan uchta paketda virus aniqlandi. Keyinchalik yana ikkita paket ham koronavirus bilan zararlangani tasdiqlandi.

Biroq dengiz mahsulotining o‘zi va paketlarning ichki qismidan olingan namunalar salbiy natija ko‘rsatdi. Mutaxassislar yuk tashiladigan konteynerlar infeksiyani yuqtirishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Shuningdek, ular butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotlarini yetkazib beradigan Ekvadorning uchta korxonasida ishlaydigan xodimlar sog‘liqni saqlash talablariga to‘liq javob bermasligini aniqladilar. Shu munosabat bilan, Xitoy bojxonachilari ushbu kompaniyalardan Xitoyda ishlash uchun berilgan lisenziyani qaytarib olishga, shuningdek, o‘zlarining tovarlarini mamlakatga olib kirishni vaqtincha taqiqlashga qaror qildilar.

Kiritildi: 17:58 12.08.2020. O'qildi: 2907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!