Xitoyda ultramarafonda halok bo‘lganlar orasida milliy rekordchi Lyan Szin ham bor.
Avvalroq qurbonlar soni 21 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
2014 yilda Szin mamlakatda birinchi bo‘lib 12 soatlik ultramarafon musobaqasini o‘tkazdi. Shu vaqt ichida u 149,5 kilometrni bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. To‘rt yil o‘tib, u rekordini yangiladi, 12 soat ichida 151,2 kilometrni bosib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, 100 km masofaga yugurish poygasi 22 may, shanba kuni ertalab Gansu provinsiyasining Bayin shahri yaqinida boshlandi. Musobaqa davomida hududda ob-havo keskin o‘zgarib ketdi: bo‘ronli shamol ko‘tarilib, do‘l va sovuq yomg‘ir ishtirokchilarni qiyin holatga soldi. Harorat nol darajaga tushdi. Natijada poyga to‘xtatildi, 172 ishtirokchidan 151 kishi darhol evakuasiya qilindi.