Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xitoydagi tornado 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoydagi tornado 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyning Xaynan provinsiyasida tornado sodir bo‘ldi. Natijada 8 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangani uchun shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar bermoqda «TASS».

Qayd etilishicha, tornado Danchjou shahri tumanlaridan birida to‘satdan paydo bo‘lgan. Kuchli shamol ta’sirida ishchilar bo‘lgan qurilish maydonidagi ikkita vaqtincha turar joy binosi vayronaga aylangan. 

Shiddatli shamol ta’sirida ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. Tornado, shuningdek, hududda elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelgan.

Hozirda mahalliy hukumat ofat oqibatlarini bataraf etish choralarini ko‘rmoqda.

 

 

Kiritildi: 05:40 30.08.2019. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!