Jonivorlar ekin yerlarini toptab, qishloq xo‘jaligiga 1 mln dollardan ortiq zarar etkazdi.
Fillar Sishuanbannadagi qo‘riqxonadan chiqib janubi-g‘arbiy Yunnan provinsiyasidan Oysi shahrigacha 500 km yo‘l bosib o‘tgan. Ular nega qochib ketgani aniq emas. To‘da 400 dan ortiq mahalliy infratuzilmani shikastlab, 56 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilgan va mahalliy aholini vahimaga solgan. Jumladan, Eshan shahri aholisiga bino ichida qolish tavsiya etildi, piyoda va haydovchilar yo‘llardan evakuasiya qilindi. Fillar shahar ko‘chalarida 6 soatdan ko‘p sayr qilgan.
Xitoy hukumati fillarni kuzatish uchun mahsus markaz tashkil etdi, uning ishida 360 dan ortiq xodim, 76 polisiya avtomobili, yuk mashinalari va dronlar ishtirok etdi. Shuningdek, jonivorlar uchun 18 tonna yegulik ham hozirlandi.