Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyda yuzlab yillarga yetadigan neft-gaz koni aniqlandi

Xitoyda yuzlab yillarga yetadigan neft-gaz koni aniqlandi

Xitoyning milliy neft-gaz dengiz korporasiyasi (CNOOC) Xitoyning shimoli-sharqidagi Boxay ko‘rfazidagi konda ulkan hajmdagi neft va gaz zaxiralari aniqlanganini e’lon qildi. Bu haqda China Daily nashri ma’lum qildi.

Konda aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari 100 mlrd kubmetrdan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu kon mintaqada oxirgi yarim asr ichida aniqlangan eng katta kondir. Millionlab odamlar bu yerdan olinuvchi gazdan yuzlab yillar davomida foydalanishlari mumkin , deb yozgan nashr.

Boxay ko‘rfazi Xitoydagi neftga boy eng yirik hudud hisoblanadi. Bu yerda har yili mamlakatdagi neftning 40 foizi olinadi. Ko‘rfaz Pekindan 100 kmdan sal ko‘proq masofada joylashgan.

Kon o‘zlashtirilgach, gaz quvuri yordamida bu havzani mahalliy bozor bilan bog‘lash imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa mamlakatning shimoliy hududlarini qishki vaqt gaz bilan ta’minlash muammosini hal qilishda yordam beradi.

Xitoy topilgan neft zaxiralari bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinni egallaydi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 22:00 28.02.2019. O'qildi: 1867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!