Xitoyning shimolidagi Shansi provinsiyasidagi fabrikada sodir bo‘lgan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xinhua axborot agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.
Portlash shanba kuni erta tongda " Szyapen" biotexnologiya kompaniyasi korxonasida sodir bo‘lgan.
"Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolib ketgan besh ishchining jasadlarini topdilar", deb xabar berdi agentlik.
Portlash sababi tekshirilmoqda.