Xitoyning g‘arbidagi eng yirik shahar - Chendu shahrining Tyanfu shohko‘chasida Xiaomi SU7 Ultra elektromobili ishtirokida yuqori tezlikda sodir bo‘lgan avariya kuchli yong‘inga aylandi.
Eng achinarlisi, "avariya"dan so‘ng mashinaning elektron tizimi avtomatik tarzda eshiklarni qulflab qo‘ygan.
Shu sabab haydovchi mashinadan chiqolmay, voqea joyida halok bo‘lgan.
Fojiadan so‘ng Xiaomi aksiyalari qariyb 9% arzonlashgan. Shu bilan birga, ayrim ekspertlar muammo elektronikada emas, balki inson omilida bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.