76 yoshli xitoylik ayol yovvoyi to‘ng‘iz qurboniga aylandi.
Bu haqda Need to Know xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 24 noyabr kuni ovchilar yovvoyi hayvonlar Xitoyning bir qishlog‘idagi ekinlarni buzganligi sababli to‘ng‘izlarni otib tashlashga ketgan. Itlar to‘ng‘izning iziga yopirilib, uni quvlay boshlashdi. Oxir-oqibat, to‘ng‘iz qishloqqa yugurib keldi.
Shu payt mahalliy ayol itlarning vovullashini eshitib, eshik oldiga chiqdi. To‘ng‘iz unga tashlandi. Ayol to‘qnashuv va yiqilish oqibatida jiddiy tan jarohati olgan. Shuningdek, to‘ng‘iz yerda yotgan ayolga o‘tkir tishlari bilan hamla qilishga ulgurgan. Jarohatlar o‘limga olib keldi.