Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda suvaraklar fermasi barpo qilindi

A A A
Xitoyda suvaraklar fermasi barpo qilindi

Xitoy hukumati oldida chiqindilar muamosi o‘ta dolzarb bo‘lib qoldi. Masalan, o‘tgan yili birgina Pekin aholisi 9 million tonnadan ortiq oziq-ovqat chiqindisini chiqardi. Ushbu raqam yil sayin ortib bormoqda.

Shu bois Xitoyda “suvaraklar fabrikasi”ni barpo qilish boshlandi. Bu fabrikalarda hashoratlar organik chiqindilarni iste’mol qilishadi. Bu haqda Vice nashri xabar qildi.

Szinan shahrida joylashgan fabrikada suvaraklar bir sutkada 50 tonnaga yaqin organik chiqindilarni yeydi.

Suvaraklar o‘lgandan keyin uy hayvonlariga ozuqa sifatida jo‘natiladi. Chunki uy hayvonlariga o‘lat bilan kasal bo‘lmasliklari uchun oziq-ovqat chiqindilari bilan oziqlantirish taqiqlangan.

Xitoylik tadbirkorlar “suvarak fermalar” tannarxi arzonligi sababli ularning sonini ko‘paytirishmoqchi.

Xitoy hukumati shunga o‘xshash fabrikalarni butun mamlakat bo‘ylab qurishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 12:48 15.12.2018. O'qildi: 2777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik