Xitoylik olimlar Vayfen Shi va Jorj Gao, XXRning bir qator ilmiy muassasalariga aloqador bo‘lib, H5N8 parranda grippi virusi tarkibi va tarixi boshqa pandemiya xavfini tug‘diradi, deb taxmin qilishmoqda. Maqola Medical Xpress portalida e’lon qilingan.
Gripp virusining yangi turi birinchi marta Xitoyda 2010 yilda o‘rdakda aniqlangan edi. 2014 yilga kelib Yaponiyada va Janubiy Koreyada uy hayvonlari va yovvoyi qushlarda tarqaldi, 2016 yilga kelib u Hindiston, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Qo‘shma Shtatlar va Yevropaning ayrim qismlarida uchradi.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, 2020 yilda epidemiya 46 mamlakatda kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu virus juda tez tarqalishi mumkin.