Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xitoyda noma’lum kasallik tez suratlarda tarqalmoqda

A A A
Xitoyda noma’lum kasallik tez suratlarda tarqalmoqda

Xitoyning Uxan provinsiyasida noma’lum kasallik tezlik bilan tarqalmoqda.

«Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘pka yallig‘lanishi ko‘plab holatlari aniqlanayotgani tufayli barcha tibbiy muassasalariga ushbu kasallik statistikasini olib borish, bemorlar bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borish va xabar berish haqida topshiriq berildi», deyilgan shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida.

Xitoyda noma’lum pnevmoniya tarqalmoqda. Shifokorlar kasallik turini aniqlay olmayaptilar. Bemorlar izolyasiya qilingan holda davolanmoqda.

Provinsiyada dekabr oyi o‘zida 27 ta virusli pnevmoniya bilan xastalanish holatlari aniqlangan, ulardan 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Ikki nafar bemorning sog‘lig‘i yaxshilandi, yaqin vaqtlarda uylariga javob beriladi.

Ilgariroq Xitoyda bir necha marta bu noma’lum kasallik pnevmoniyaning tarqalishi kuzatilgandi. Butunjahon sog‘liqni saqlash uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2002-2003 yillarda epidemiya vaqtida mamlakatda 350 kishi halok bo‘lgandi, kasallanganlarning jami soni 5 ming bemordan oshdi. Umumiy hisobda 30 ta davlatda qariyib 8,5 ming kasallanish holatlari aniqlangan, kasallik 900 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Kiritildi: 17:26 31.12.2019. O'qildi: 8334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik