Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda mahalliy aholi yana norozilik namoyishlariga chiqdi

Xitoyda mahalliy aholi yana norozilik namoyishlariga chiqdi

Xitoyning Urumchi shahrida ko‘p qavatli uydagi yong‘in 44 kishining hayotiga zomin bo‘lganidan keyin mahalliy aholi norozilik namoyishlariga chiqdi. Kovid cheklovlari tufayli uyning eshiklari tashqaridan qulflangan edi.

Lanchjou, Chjenchjou va boshqa shaharlarda ham namoyishlar o‘tkazildi. Odamlar cheklovlarni yumshatishni, savdo markazlari, maktab va restoranlarni ochishni hamda kovid markazlari qurishni to‘xtatishni talab qilmoqda. Hukumat, o‘z navbatida, norozilikni bostirish uchun shaharlarga harbiy texnikalar kiritgan.

Kiritildi: 17:10 27.11.2022. O'qildi: 2497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!