Oldinroq Xitoyda yana koronavirus tarqala boshlagani haqida xabar bergan edik.
Pekin kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazining epidemiolog Yan Penning fikriga ko‘ra, yangi koronavirus infeksiyalari Xitoyga Yevropa orqali kirib kelmoqda. "Virus tashuvchidan mahsulotlarga o‘tmoqda va tovarlar orqali Yevropadan Xitoyga kirib kelmoqda", — dedi Yan Pen.
Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Xitoyda 60 dan ortiq kishi koronavirusga chalindi.