Iyul oyida Xitoy iqtisodiyotida ishlab chiqarishdan tortib iste’molgacha bo‘lgan ko‘plab ko‘rsatkichlar sezilarli darajada sekinlashdi. Bu jarayonga savdo urushi va mamlakatdagi kuchli issiq to‘lqinlar ta’sir ko‘rsatdi.
Chakana savdo o‘sishi yil boshidan buyon eng past daraja — 3,7 foizni tashkil qildi. Investisiyalar sur’ati 1,6 foizgacha pasaydi, ishsizlik darajasi esa 5,2 foizga yetdi. Sanoat ishlab chiqarishi noyabrdan buyongi eng yomon ko‘rsatkich — 5,7 foizlik yillik o‘sishni qayd etdi.
So‘nggi 20 yil ichida ilk bor yangi yuandagi kreditlar hajmi qisqardi. Shu bilan birga, sanoat, ko‘chmas mulk va infratuzilmaga investisiyalar bir vaqtning o‘zida pasaydi. BNP Paribas bu holatni «juda noyob» deb baholamoqda.
Subsidiyalar ham talabni rag‘batlantirishda avvalgidek samara bermayapti — elektronika, mebel va avtomobil savdosi kamaygan. Ekspertlar talab va taklifdagi impuls yo‘qotilayotganini ta’kidlamoqda.
Pekin hozircha keng ko‘lamli iqtisodiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llayotgani yo‘q, balki tarmoqlardagi narx urushlariga qarshi kurashish va aniq yo‘naltirilgan choralarga e’tibor qaratmoqda. Biroq avgust oyi ko‘rsatkichlari yanada yomonlashsa, qo‘llab-quvvatlash choralari sentyabr oxiridayoq kuchaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz Qozog‘iston YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha Rossiyani ham ortda qoldirib, jon boshiga YAIM 14 770 dollarni tashkil etgan.