Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchi LeTV kompaniyasi iPhone 14 Pro’ga arzon muqobil sifatida yaratilayotgan LeTV S1 Pro Android smartfonini taqdim etdi. Aynan “Apple” koipaniyasining shu flagmani loyiha dizaynerlarini ilhomlantirgan. Uni “iPhone 14 Pro’ning kloni” deyish mumkin.
Qurilmalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni tekis porloq uchlarida, orqa tarafdagi kvadrat kameralar blokida va hatto dinamik orolchada (2Dynamic Island”) kesilgan ekranda kuzatish mumkin.
Renderlarga ko‘ra, displeydagi teshik turli xil dasturiy interfeyslar, masalan, musiqa pleeri va minigarnituralarni ulash haqidagi bildirishnoma bilan o‘ynaladi. Selfi kameraning o‘zi oddiy, 5 megapiksel o‘lchamga ega.
13 megapikselli faqat bitta asosiy fotomodul mavjud, qolgan ikkita ko‘z esa oddiy o‘xshashlikni ta’minlab turuvchi o‘xshash aylanalar xolos. Ekran 6,5 dyuymli, IPS-matrisali va oddiy o‘lchamlari 1600 ga 720 piksel.
LeTV S1 Pro 5G modem, 8 Gb tezkor (operativ) va 128 Gb ichki (doimiy) xotiraga ega 8 yadroli “Unisoc Tiger T7510” chipi bilan ishlaydi. Batareyaning sig‘imi 5000 mA/soat va USB Type-C orqali 10 Vt quvvatga ega bo‘la oladi.
Xitoyda smartfonni atigi 899 yuanga (1,5 million so‘m) sotiladi.