Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoyda dahshatli fojia sodir bo‘ldi

A A A
Xitoyda dahshatli fojia sodir bo‘ldi

Xitoyning sharqidagi Chjeszyan provinsiyasida avtoulovda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada o‘nlab odamlar jarohatlandi va halok bo‘ldi.

Xitoy Markaziy televideniyesiga ko‘ra, noma’lum yuk mashinasi katta kuch bilan portlagan. Portlash shu qadar kuchli ediki, mashina sisternasi bir necha metr balandlikka — to‘rt qavatli binolar tepasiga borib tushgan. Natijada bir nechta uylar vayron bo‘lgan va yo‘lda o‘nlab mashinalar yonib ketgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan va kamida 50 kishi jarohat olgan. Shifokorlar va polisiya joyida ishlamoqda.

Kiritildi: 17:01 13.06.2020. O'qildi: 8823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik