Xitoy parklaridan birida chinakam Kung-fu Panda paydo bo‘ldi, deya xabar berdi "Darakchi" nashri.
Gap shundaki, Xitoy milliy hayvonot bog‘ida o‘yinqaroq pandalardan biri o‘mbaloq oshib, daraxt shoxini uddaburonlik bilan aylantirgan. Bu harakatlar esa jang san’ati texnikasini eslatib yuboradi.