Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda 17ta vaksina odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

Xitoyda 17ta vaksina odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda

 

Xitoyda koronavirusga qarshi 17ta vaksina klinik sinovlar bosqichidan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 4-sessiyasi vakili Chjan Yesuy ma’lum qildi. 

Uning ta’kidlashicha, vaksinalardan 4tasiga qo‘shimcha shartlar bilan bozorga chiqarish uchun, ko‘plab boshqa vaksinalarga xorijda yakuniy sinovlardan o‘tkazish uchun ruxsat olingan.

Esuyning aytishicha, Xitoy ayni vaqtda 60dan ortiq davlatga vaksina bilan yordam bergan.

3 mart kuni Financial Times nashri manbalarga tayanib AQSh Hindiston, Yaponiya va Avstraliya bilan birga Osiyoda koronavirusga qarshi vaksinani taqsimlash bo‘yicha reja tayyorlayotganini ma’lum qilgan. Manbalar fikricha, Xitoy dunyodagi ta’sirini kuchaytirish maqsadida boshqa davlatlarga koronavirusga qarshi kurashda yordam bermoqda. Pekin esa bu nuqtayi nazarni noxolis deb atagan.

Kiritildi: 10:25 06.03.2021. O'qildi: 2264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!