Xitoy noyadroviy vodorod bombasini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda South China Morning Post o‘tgan oyda e’lon qilingan tadqiqotga asoslanib xabar berdi.
Ikki kiloli bomba harorati 1000℃ dan oshuvchi olovli sharni hosil qilgan. Gazeta yozishicha, bunday vodorod bombasi davomli termik zarar yetkazish xususiyatiga ega, chunki sinovda portlash effekti kuchi ikki soniyadan uzoqroq cho‘zilgan — bu trotil portlashi (0,12 soniya)dan 15 baravar uzunroq.
Xitoyliklar magniy gidridi orqali shu natijaga erishgani aytilmoqda. Biroq shuncha miqdordagi modda qayerdan paydo bo‘lganiga tadqiqotda aniqlik kiritilmagan, vaholanki, yaqin-yaqinlargacha bu moddani bir nechta laboratoriyada kuniga bir necha gramm tezlikda ishlab chiqarish mumkin edi.
Qolaversa, Xitoy armiyasi qanday vaziyatlarda bu qurolni qo‘llashi mumkinligi ham mavhumligicha qolmoqda.