Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoy Ukrainaga qurol yetkazib beruvchi davlatlarni tanqid qildi

Xitoy Ukrainaga qurol yetkazib beruvchi davlatlarni tanqid qildi

"Bir tomondan, o‘t ochishni to‘xtatish va urushni tugatish haqida bong urib, boshqa tomondan esa, ko‘p sonli ilg‘or qurol va jihozlarni uzluksiz yetkazib berib, jangovar harakatlar yanada kuchayishiga sabab bo‘lish mumkin emas", — dedi Van I.

Uning ta’kidlashicha, cheksiz bir tomonlama sanksiyalar qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytiradi. Xitoy tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Ukraina inqirozining asl sababi Yevropa xavfsizligida muvozanat yo‘qolganidadir.

"Bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga muvofiq muvozanatli, samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik tizimini qayta qurish zarur, faqat shu yo‘l bilan biz haqiqatan ham Yevropada uzoq muddatli barqarorlik va uzoq muddatli tartibga erishishimiz mumkin", — dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri. .

Kiritildi: 12:55 08.04.2022. O'qildi: 5965 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!