Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy Tayvanga yordam ko‘rsatgani uchun AQShning uchta mudofaa kompaniyasiga sanksiya joriy qildi

Xitoy Tayvanga yordam ko‘rsatgani uchun AQShning uchta mudofaa kompaniyasiga sanksiya joriy qildi

Xitoy Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatgani uchun AQShning uchta mudofaa kompaniyasi va ularning rahbarlariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Xususan, Edge Autonomy Operations LLC, Huntington Ingalls Industries Inc., Skydio Inc kompaniyalari sanksiyaga tortildi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Ularning Xitoydagi ko‘char, ko‘chmas va boshqa turdagi mulklari muzlatiladi. Xitoydagi tashkilotlar va jismoniy shaxslarga ular bilan har qanday bitimlar, hamkorlik yoki boshqa faoliyatlar olib borish taqiqlanadi.

“AQSh yaqinda Tayvanga yirik harbiy yordam ko‘rsatilishini e’lon qildi, bu “yagona Xitoy” tamoyili va uchta qo‘shma Xitoy-AQSh kommyunikesini qo‘pol ravishda buzish, Xitoyning ichki ishlariga jiddiy aralashuv, shuningdek, Xitoyning suvereniteti va hududiy huquqlariga zarar yetkazadi" - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 15:45 10.10.2024. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!