Oxirgi 24 soat ichida Tayvan qurolli kuchlari orolga yaqinlashayotgan Xitoyning 8 ta havo shari, 5 ta samolyoti va 4 ta Xitoy armiyasi kemasini qayd etgan. Bu haqda orol mudofaa departamenti ma’lum qildi, deb yozadi Taiwan News.
Bayonotda, shuningdek, ikkita samolyot Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tib, orolning janubi-g‘arbiy va shimolidagi havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirganligi ko‘rsatilgan.
Tayvan armiyasi nishonlarni kuzatish uchun samolyotlar, kemalar va yerdagi zenit-raketa tizimlaridan foydalangan holda javob berdi.