Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoy Tayvan hukmron partiyasini ogohlantirdi

A A A
Xitoy Tayvan hukmron partiyasini ogohlantirdi

Xitoy hukumati Tayvan hukmron Demokratik taraqqiyot partiyasini amerikalik siyosatchilarning Taybeyga ruxsatsiz tashrifi ko‘paygani munosabati bilan jiddiy ogohlantirdi. Bu haqda XXR Davlat kengashi huzuridagi Tayvan ishlari bo‘yicha idoraviy rasmiy vakil Ma Syaoguan ma’lum qildi.

- Xitoy bunga keskin norozilik bildiradi, - deyiladi amerikalik senator Marsha Blekbernning orolga tashrifidan so‘ng tarqatilgan bayonotda. - Biz hukmron partiya vakillarini jiddiy ogohlantiramiz. Ularning chet el siyosatchilari yordamidagi orolni qo‘llab-quvvatlash va Tayvan mustaqilligi bilan bog‘liq maqsadli intilishi muqarrar ravishda barbod bo‘ladi.

Rasmiy aniqlik kiritishicha, Pekin AQSh hukumati vakillarining Tayvanga “norasmiy” sayohatini qabul qilmaydi. “Bu ikki tomonlama kelishuvlarimiz jiddiy buzilishiga olib kelmoqda va “Yagona Xitoy” tamoyiliga ziddir”, deya qo‘shimcha qildi Ma Syaoguan.

Payshanba kuni kechqurun Marsha Blekbern Tayvanga e’lon qilinmagan tashrif bilan harbiy samolyotda kelgandi.

Kiritildi: 18:09 27.08.2022. O'qildi: 4153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik