Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chuninning ma’lum qilishicha, Pekin AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi munosabati bilan albatta barcha zarur qarshi choralarni ko‘radi.
Bu haqda u brifingda javob berdi.
“Pelosi Xitoyning keskin noroziligiga qaramay Tayvanga tashrif buyurdi. Xitoy milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni qat’iy himoya qilish uchun barcha zarur qarshi choralarni ko‘radi”, — deya TIV vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pelosining Taypeyga safari Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi. Shuningdek, u AQSh va Tayvan mustaqilligining boshqa tarafdorlari Pekinning Amerikaga qarshi choralari va sanksiyalari uchun javobgar bo‘lishini qo‘shimcha qildi.