Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Eronni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Eronni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Xitoy hukumati jiddiy sinovlar davrini boshidan kechirayotgan Eronni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Nijniy Novgorodda Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bagiri Kani bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

«Hozirgi bosqichda Eron xalqi jiddiy sinovlardan o‘tmoqda... Mamlakatingizning har tomonlama strategik hamkori bo‘lgan Xitoy Eron hukumati va xalqini qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi Van I.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Pekin Eron mustaqilligi, suvereniteti, barqarorligi va rivojlanishini rasman qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

«Eronda prezidentlik saylovlari muammosiz o‘tishini tilayman», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:45 11.06.2024. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!