Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy Suriyada harbiylari borligini rad etdi

Xitoy Suriyada harbiylari borligini rad etdi

Suriyada Xitoy harbiylarining borligi haqidagi xabarlar haqiqatga va Pekin olib borayotgan siyosatga ziddir. Bu haqda “Novosti” agentligi Xitoyning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Se Syaoyanga tayangan holda xabar bermoqda.

Avgust oyi boshida bir qator Suriya ommaviy axborot vositalari Xitoyning Idlib va boshqa hududlarda Suriya armiyasi bilan birga harbiy operasiyalarda qatnashishga tayyorligi haqida xabarlar tarqatdi.

Se Syaoyanning ta’kidlashicha, Xitoy Suriyaga o‘z harbiylarini yubormagan va Pekin Suriyadagi mojarorining faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:49 20.08.2018. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!