Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy Rossiyadagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqchi

Xitoy Rossiyadagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqchi

Xitoy 30 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan «Vostok-2022» strategik harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun o‘z askarlarini Rossiyaga yuboradi. «Xitoyning ishtiroki qatnashadigan davlatlar o‘rtasida strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirish va xavfsizlikka tahdidlarga javob berish qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan», — deb xabar berdi XXR Mudofaa vazirligi.

Xabarda qayd etilishicha, «mashqlar joriy xalqaro va mintaqaviy vaziyat bilan bog‘liq emas». «Vostok-2022» mashg‘ulotlarida Xitoy va Rossiyadan tashqari Hindiston, Belarus, Tojikiston va Mo‘g‘uliston harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

G‘arb davlatlari Xitoy va Hindistonni Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi fonida Rossiyaga diplomatik yordam ko‘rsatayotganlikda ayblamoqda. XXR va Hindiston Kremlning harakatlarini qoralashdan bosh tortdi.

May oyida Rossiya va Xitoy Yaponiya hamda Janubiy Koreya yaqinida bombardimonchi samolyotlar ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. O‘shanda AQSh prezidenti Jo Bayden Tokioda bo‘lib, Hindiston, Avstraliya va Yaponiya hukumat rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan uchrashgan.

Kiritildi: 00:00 20.08.2022. O'qildi: 2775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!