Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy raketa ishlab chiqarish kengaytirmoqda

Xitoy raketa ishlab chiqarish kengaytirmoqda

Xitoy raketa ishlab chiqarish va raketa qo‘shinlariga aloqador ob’ektlar maydonini sezilarli darajada kengaytirmoqda, deb xabar bermoqda CNN.

"Jurnalistlar 2020 yildan buyon olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, xaritalar va hukumat xabarnomalarini tahlil qilib, Xitoyda raketalar ishlab chiqarish hajmi ancha oshganini aniqlagan", deya yozmoqda nashr.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, Xitoy Qurolli kuchlarining yadro arsenalini nazorat qiluvchi raketa ishlab chiqarish yoki raketa qo‘shinlariga tegishli 136 ta ob’ektning 60 foizidan ortig‘ida kengayish alomatlari kuzatilgan.

"Xitoydagi harbiy zavodlar, ilmiy-tadqiqot va sinov markazlarini o‘z ichiga olgan bu ob’ektlar maydoni 2020 yil boshidan 2025 yil oxirigacha bo‘lgan davrda minglab kvadrat metrlarga kengaygan", deyiladi maqolada.

Kiritildi: 23:35 08.11.2025. O'qildi: 1078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!